Xotin-qizlar va gender tenglik masalasi – kun mavzusi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatninig 2022-yil 28-dekabrdagi SQ-682-IV-sonli qarori bilan davlat organlarida Gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qat’iy topshiriqlar belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatininig mazkur topshirig‘i ijrosi yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan "Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha maslahat kengash organlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizom" ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan korxona ishchi–xodimlari jamoasi o‘rtasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalariga ko‘maklashish maqsadida Gender tenglik masalalari bo‘yicha “Birinchi rezinotexnika zavodi”  MCHJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari hamkorligida xotin-qizlar o’rtasida "Biz zo’ravonlikka qarshimiz" mavzusida tushuntirish ishlari va davra suhbatlari muntazam ravishda joylarga chiqqan holda tizimli ravishda o’tkazib borilmoqda.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech