Tayyorlov kurslaridan boshlang va Rossiyaning yetakchi universitetining filialiga o’qishga kiring

Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filiali (Toshkent shahridagi D.I.Mendeleyev nomidagi RKTU) “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ bilan xamkorlikda Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurti filialiga o‘qishga kirib, kasb-hunar egallashni xohlovchilar uchun bepul o‘quv kurslariga qabul qilishni e’lon qiladi.

Mart oyidan boshlab! Kurs dasturi uchta fan bo'yicha rus tilida olib boriladi: rus tili, kimyo, matematika fanlari va mart oyidan  iyun oyiga qadar davom etadi.

Biz manfaatdor tomonlarga nimani taklif qilamiz:              

- bu bepul o'quv-tayyorlov kurslari bo‘lib, u yerda Toshkent shahridagi D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universitetiga kirish imtihonlari uchun zarur bilimlarni olishingiz mumkin;              

- bu abituriyentlar uchun talaba bo'lish va universitetni muvaffaqiyatli tamomlagandan so'ng, zavodimiz jamoasi a'zosi bo'lish va “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda ishlash kafolati uchun ajoyib imkoniyat.

Kurslarga yozilishga ulgirib qoling!           

Savollaringiz boʻlsa “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ Xodimlar boʻlimiga (78 150-32-22 (ichki: 1040, 1042)) murojaat qiling.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech