Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJga tashrif buyurdi
Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov Angren shahrida joylashgan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ faoliyati bilan tanishish uchun korxonaga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov, “Tatneft” kompaniyasi bosh direktori Nail Maganov va delegatsiya aʼzolari korxona ish faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari hamda farmasevtika korxonalari mahsulotlari koʻrgazmasi bilan yaqindan tanishishdi.
Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov “Birinchi Rezinotexnika zavodi” rahbariyati bilan muloqotda boʻldi.
Uchrashuv davomida investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtildi.