TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori 8-band uchinchi xatboshisi bilan turizm sohasida faoliyat ko'rsatadigan sub'yektlarga soliq soladigan bazasidan O'zbekiston turizm brendi va "Uzbekistan.travel" sayti reklamasi bo'lgan bosma mahsulotlar (xaritalar, risolalar, bukletlar, flayerlar va boshqalar)ga, suvenir va qadoqlash mahsulotlari (sumkalar, paketlar, maktab daftarlari, yorliqlar, g'iloflar, kiyim-kechaklardagi va oshxona anjomlaridagi yozuvlar)ni tayyorlash va chop etishga yo'naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi ko'rinishidagi soliq imtiyozlari qo'llanilishi belgilanganligi ma'lum etiladi.
Belgilangan imtiyozlardan foydalaning!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech