Yagona madaniyat loyihasi start oldi!

2024-yilning 28-may kuni BN ShB rahbari, "Ikon Tyres" bosh direktori A.Pantyuxovning “BN ShBda yagona madaniyatni shakllantirish” loyihasi yuzasidan yuborgan xabarnomasiga ko‘ra, joriy yilning iyun oyida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda korxonamiz bo‘ylab anonim so‘rovnoma tadqiqoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi va ayni vaqtda ushbu tadqiqot bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Shunga ko‘ra, 2024-yilning 10-11-iyun kunlari «Birinchi rezinotexnika zavodi» MCHJ XKda maxsus agentlik tomonidan anonim so‘rovnoma, rahbarlar uchun master-klass va yakka tartibda suhbatlar olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech