"Biz sog‘lom yosh oilamiz" shiori ostida sport musobaqasi

Joriy yilning 10-oktabr kuni "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XK hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida "Biz sog‘lom yosh oilamiz" shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Sport musobaqasi nizom asosida o'tkazilib, unda korxonamizda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar oila a’zolari ishtirokida 4 oiladan tarkib topgan guruhlar ishtirok etdi.

Musobaqa so‘ngida hakamlar tomonidan yig‘ilgan ballar e’lon qilinib, unga ko‘ra:

"Eng chaqqon yosh oila" - Anvar Aminovlar oilasi;
"G‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak yosh oila" - Dilyor Shakirovlar oilasi;
"Faol ishtirok etgan oila" - Humoyun Aminovlar oilasi belgilangan nominatsiyalar g‘olibi bo‘ldilar hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

"Eng chaqqon yosh oila" deb topilgan Anvar Aminovlar oilasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Barcha ishtirokchilarni yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech