Sport – sog‘lik garovi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! ” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida turli  sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

2023-yil 15-avgust kuni Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va jamoat tashkilotlari hamkorligida Stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqasida barcha seh va bo‘limlardan sportsevar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi va o‘zaro bellashishdi.

Musobaqa stol tennisi qoidalariga muvofiq o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda g‘oliblar aniqlandi:

1- o‘rin Aminov Anvar (Energotaʼminot va kommunal xo‘jalik bo‘limi xodimi)

2- o‘rin Sharapov Isroilxon  (Energotaʼminot va kommunal xo‘jalik bo‘limi xodimi)

3- o‘rin Quttiboyev Mirolim   (49-YOQQ  Katta texnik xodimi)

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida Sadikova Oltinoy  (Fizik-mexanik sinov va kimyo laboratoriyasi xodimi) 1- o‘rinni egalladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech