Sport – sogʻlik garovi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda Kimyogarlar kuni munosabati bilan korxona ishchi-xodimlarining boʻsh vaqtini unumli tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida muntazam ravishda sport musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda.

Stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan sport musobaqasida barcha sekh va boʻlimlardan sportsevar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi va oʻzaro bellashishdi.

Musobaqa stol tennisi qoidalariga muvofiq oʻtkazildi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvda gʻoliblar aniqlandi:

1-oʻrin Aminov Anvar (Energota’minot va kommunal xo‘jalik bo‘limi xodimi)

2-oʻrin Tursunboyev Shaxzod (Konveyer tasmalari ishlab chiqarish xodimi)

3-oʻrin Pardaboyev Akmaljon (Rezina qorishmalari tayyorlash sekhi xodimi)

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida Raimova Maftuna (Fizik-mexanik sinov va kimyo laboratoriyasi xodimi) 1-o‘rinni egalladi.

Oʻtkazilgan bu kabi sport musobaqalari ishchi-xodimlarning ish samaradorligiga ijobiy taʼsir qilishi bilan ahamiyatlidir.

Gʻoliblar Kimyogarlar kuni tantanasida taqdirlanadilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech