Sport – sog‘lik garovi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Xkda 30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida korxona ayollari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida, sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa 30 iyun - “Yoshlar kuni” bayrami munosаbati bilan 2024-yilning 27 iyun  kuni 29-maktab hududida tashkil etilib, musobaqada korhonaning barcha seh va bo‘limlaridan sportsevar qiz-ayollar ishtirok etishdi va o‘zaro bellashishdi.

Musobaqa voleybol qoidalariga muvofiq o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda g‘oliblar aniqlandi:

1-o’rin Laboratoriya jamoasi;

2-o’rin Komponentlar sexi jamoasi;

3-o’rin Rezina qorishmalari sexi jamoasi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech