Sport – sog‘lik garovi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami  munosabati bilan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida  korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sportning tennis turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ushbu musobaqa “Kimyogarlar kuni” bayrami munosаbati bilan 2024-yilning 8-may  kuni korxona hududida tashkil etilib, musobaqada barcha seh va bo‘limlardan sportsevar ishchi-xodimlar ishtirok etishdi va o‘zaro bellashishdi.

Musobaqa stol tennisi qoidalariga muvofiq o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin Abdug‘aniyev Umid Sobirjon o‘g‘li -  Bosh mexanik xizmati

2- o‘rin Sharopov Isroilxon Zoirxon o‘g‘li - Bosh energetik xizmati

3- o‘rin Abdullayev Sadriddin Karimkulovich - Yong‘in havfsizlik xizmati

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida esa Materiallar laboratoriyasi laboranti Oltinova Maftuna g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: