Sport – sog'lom hayot garovi!

    Korxona ishchi-xodimlarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida muntazam ravishda sport musobaqalari o'tkazilib kelinmoqda.

    15-iyul kuni "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Unda bo'lim va sexlardan ishchi-xodimlar ishtirok etib, o'zaro bellashishdi.

    Musobaqa stol tennisi qoidalariga ko'ra o'tkazildi. Qizg'in va murosasiz kechgan bellashuvda g'oliblar aniqlandi:

    1 – o'rin Nishonov Oybek (102 sex – avtomobil shinalari ishlab chiqarish);

    2 – o'rin Nishonov Bekmuxammad (103 sex – qishloq xo'jaligi shinalari ishlab chiqarish);

    3 – o'rin Qo'ldoshev Asad (101 sex – rezina qorishmalarini tayyorlash).

    O'tkazilgan bu kabi sport musobaqalari ishchi-xodimlarning ish samaradorligiga ijobiy ta'sir qilishi bilan ahamiyatlidir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech