Sport – salomatlik garovi!
Korxona ishchi-xodimlarining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida muntazam ravishda sport musobaqalari oʻtkazilib kelinmoqda.
8-noyabr kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda Jamoat tashkilotlari hamda kasaba uyushmasi hamkorligida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Unda boʻlim va ishlab chiqarish sexlaridan ishchi-xodimlar ishtirok etib, oʻzaro bellashishdi.
Musobaqa stol tennisi qoidalariga koʻra oʻtkazildi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvda Yongʻin xavfsizligi qutqaruv qismi qutqaruvchisi Nafe Shokirov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Oʻtkazilgan bu kabi sport musobaqalari ishchi-xodimlarning ish samaradorligiga ijobiy taʼsir qilishi bilan ahamiyatlidir.