Sport – sog’lom hayot asosi!
“Yurt taraqqiyoti yo’lida birlashaylik” shiori ostida nishonlanayotgan 11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan, hamda, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida, “BRZ” MChJ XKda kasaba uyushmasi hamkorligida korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar o‘rtasida shaxmat-shashka bo’yicha sport musobaqalari o’tkazildi.
2024-yil 6-noyabr куни bayram tadbirlari doirasida shaxmat - shashka bo'yicha qiziqarli musobaqa bo'lib o'tdi. Unda korxona barcha sexlari va bo'limlaridan ишчи-xodimlar ishtirok etdi.
Bellashuv do'stona muhitda, shaxmat - shashka o'yinlari qoidalariga muvofiq o'tdi. Qizg‘in kechgan bellashuvda g‘oliblar aniqlandi:
Shaxmat bo'yicha
1- o‘rin Shakirov Dilyor (Mahsulotni sanoatlashtirish bo'limi xodimi)
2- o‘rin Usmonov Doston (Mahsulotni sanoatlashtirish bo'limi xodimi)
3- o‘rin Xasanov Ilhom (Mahsulotni sanoatlashtirish bo'limi xodimi).
Shashka bo’yicha
1- o‘rin O’rmonova Mamura (omborchi)
2- o‘rin Nishonova Dildora (ekstruder mashinisti)
3- o‘rin Muxtorova Charosxon (“BRZ” tekstil tikuvchisi)