Zamonaviy komyuter dasturi “Microsoft 365” endi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda!

Joriy yilning 2-aprelidan 5-aprel kunigacha Rossiya Federatsiyasining “Ikon Tyres” kompaniyasi tomonidan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK xodimlarini zamonaviy kompyuter dasturi “Microsoft 365” da ishlash tizimini yaratish uchun maxsus o‘quv kurslari belgilangan edi.

Yangi raqamli vositalarni joriy etishning birinchi bosqichida 27 nafar xodimdan iborat “Raqamli chempionlar” jamoasi yaratildi. Bu o'z ishlarida raqamli vositalardan foydalanishni boshlaydigan birinchi hamkasblar! Bugun "Raqamli chempionlar"ning 1-bosqichi o'quv jarayoni boshlandi. Ushbu hafta davomida 40 nafar raqamli chempionlar guruhlarga bo‘lingan holda, dars jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda. O‘quv jarayonlarini Rossiya Federatsiyasining “Ikon Tyres” kompaniyasidan tashrif buyurgan Korporativ madaniyat yo‘nalishi guruh rahbari Kuliyeva Kamilla Igorevna hamda xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis Yedrenkina Tatyana Arkadyevnalar olib borishmoqda.

Dars jarayonlari davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech