Korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Ma’lumki, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XKda Kimyogarlar kuni bayrami munosabati bilan ishchi-xodimlar o‘rtasida bir qator sport musobaqalari hamda tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 13-14-may kunlari jamoat tashkilotlari hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda navbatdagi sport tanlovlaridan biri bo‘lgan mini futbol musobaqasi ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Unda barcha ishlab chiqarish sehlari hamda bo‘limlardan jamoalar ishtirok etishdi.

Yashil maydonda to‘p surgan jamoalar a’zolari murosasiz o‘yinga kirishishdi. Yarimfinal hamda final musobaqalari bugun o‘tkazildi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Ma’muriyat jamoasi, 2-o‘rinni Rezina qorishmalari tayyorlash va ishlab chiqarish sehi jamoasi, 3-o‘rinni esa Avtomobil shinalari ishlab chiqarish sehi jamoasi egallashdi.

G‘olib jamoalar Kimyogarlar kuni bayram tadbirida taqdirlanadilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech