Favqulodda vaziyatlar va yong'inlarni oldini olish doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK OYoXTTEB boshlig’i, yong’in nazorati va profilaktika inspektorlari tomonidan Angren shahar 29-umumiy orta ta'lim maktabi o'qituvchi va o'quvchilari ishtirokida favqulodda vaziyatlar va yong'inlarni oldini olish mavzusi doirasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Respublikamizda 15 noyabrdan 15 dekabrgacha "Yong'in xavfsizligi oyligi" o'tkazilayotganligi to'g'risida, aholi yashash xonadonlari va boshqa soha obyektlarida is gazidan zaharlanish va uni oqibatlari to'g'risida tushintirish ishlari olib borildi. O'qtuvchi va o'quvchilari bilan nosoz yoki qoʻlbola usulida yasalgan gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanish oqibatida yong‘inlar sodir bo‘lishi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha tushunchalar berib o'tildi.


“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK OYoXTTEB

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech