Sogʻlom turmush tarzi – farovon hayot asosi

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan  «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» shiori ostida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda Kasaba uyushma qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Armresling” boʻyicha sport musobaqasi oʻtkazildi. Barcha seh va boʻlimlardan 13 nafar ishtirokchi qatnashishdi.

         -  Bu kabi sport musobaqalari ishchi-xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish sport turlarini yanada ommalashishiga xizmat qiladi.

           Mazkur sport musobaqasida Rezina qorishmalari ishlab chiqarish sexi operatori Tab №1220 Irsaliyev Sunnatillo Alisher o‘g‘li 1 -oʻrinni egaladi. 2-o‘rin Qo‘riqlash bo‘limi Nazorat o‘tish joyi xodimi Tab №1826 Tojiboyev Ravshan Shuxrat o‘g‘liga, 3-o‘rin esa Yong‘in xavfsizligi bo‘limi instruktor qutqaruvchisi, serjant Abdullayev Sadriddin Karimqulovichga nasib etdi.

Gʻolib va sovrindorlar “Navro‘z” umumxalq  bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech