Sifat va narx uygʻunligi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda ishlab chiqarilayotgan sifatli va hamyonbop narxdagi avtomobil shinalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Xaridorlar talabi boʼlgan, “BARS” brendi ostidagi MZ777 markali barcha mavsum uchun moʻljallangan avtomobil shinasi uch xil oʼlchamda:

  1. 195/60R15 (Nexia 3 / Cobalt / Lacetti / Chevrolet Onix / Lada Granta / Lada X-RAY)
  2. 195/65R15 (Nexia 3 / Cobalt / Lacetti / Chevrolet Onix / Lada Granta / Lada X-RAY)
  3. 205/65R15 (Nexia 1,2,3 / Lacetti / Cobalt / Sitroen Berlingo / RAM 700)

kabi avtomobil rusumlariga mos ravishda ishlab chiqariladi.

Shina xarakteristikasi:

MZ777 markali barcha mavsum uchun moʻljallangan shinalar yuqori sifatli shinalar boʼlib, ularning asosiy xususiyatlariga, hoʼl va quruq yoʼl yuzalarida ishonchli harakatlanish, yuqori qarshilik va qulaylik kabilar kiradi. Qatlam bloklari shinaning butun foydalanish muddati davomida barqaror ishlashini, shuningdek, bir xil va uzoq yurishini taʼminlaydi.
Protektor markazidagi maxsus shashkalari chekka taʼsirini kuchaytiradi, protektorining keng yon yivlari nam yoʼllarda tez tormozlashga va qor ustida tortish kuchini oshirishga imkon beradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech