Sifat, kafolat va hamyonbop narx uyg‘unligi
Qish fasli kirib kelishi bilan yoʻllar muzlama boʻlishi natijasida avtomobillar harakatida noqulayliklar kuzatila boshlaydi. Ayniqsa avtomobillarning shinalari sifatli boʻlmasa harakatlanish vaqtida haydovchi va yoʻlovchilarning hayotiga xavf solish ehtimoli ortadi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan shina mahsulotlari oʻzining sifati va hamyonbopligi bilan xaridorlarimiz ishonchini oqlab kelmoqda.
Bugungi kunda 5 turdagi “Contyre” brendi ostida quyidagi:
- 175/70R13 (Arctic Ice)
- 175/65R14 (Arctic Ice)
- 185/55R15 (Arctic Ice III)
- 205/55R16 (Arctic Ice II)
- 215/65R16 (Arctic Ice III)
qish mavsumi uchun moʻljallangan avtomobil shinalari Ilmiy-texnik markaz tomonidan oʻzlashtirildi va ishlab chiqarishga tatbiq qilindi.
Oʻtgan 2022-yilni korxona eksport boʻyicha yillik rejasini 10 baravardan ziyod koʻrsatkichda yakunladi. Yil mobaynida 171 mingdan ziyod avtomobil shinalari Rossiya Federatsiyasi hamda Ozarbayjon davlatlariga 4 mln 420 ming AQSH dollari miqdorida eksport qilindi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ jamoasi 2023-yilda ham bor kuch-gʻayrati va shijoatini namoyish qilib, eksport va sotuv hajmini yanada oshirish borasida qator vazifalarni bajarishni oʻz oldiga maqsad qilgan.
Qish mavsumiga moʻljallangan avtomobil shinalarini Onix / Cobalt / BMW 1 series / BMW 2 series kabi avtomobil uchun moʻljallangan 205/55R16 oʻlchamdagi avtomobil shinasi korxona tomonidan ishlab chiqarishga tadbiq qilingan.
Mavsumi: Qish mavsumi uchun Oʻlchami: 205/55R16 Modeli: Contyre Arctic Ice II Yuk koʻtarish indeksi: 91 (615 kg 1355lbs) Tezlik indeksi: T (190 km/s) |
Shina xarakteristikasi
V shaklidagi shina protektori suvga va qorga qarshilik qilib, minimal aylanish qarshiligini kafolatlaydi;
- protektorning murakkab shashkalari oʻzaro yer yuzasi bilan bogʻlanishni yaxshilaydi;
- markaziy qattiq qovurgʻa yoʻnalish barqarorligini oshiradi;
- optimallashtirilgan koʻp qatorli oʻrnatilgan shiplar barqarorlikni taʻminlaydi.
Murakkab elastiklik, shinaning protektori minus -30 °C darajagacha boʻlgan haroratda ham elastik boʻlib qoladi. Bunda protektor qismi rezina qorishmasini tayyorlashda 100% tabiiy kauchuk va boshqa komponentlar bilan kompazitsion tuzilganligini inobatga olib, ushbu natijaga erishilgan. Bundan tashqari, ushbu komponent protektorning har qanday yeyilishga, eskirishga bardoshliligini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Bozor talabidan kelib chiqib, xaridorgir shina boʼlib kelayotgan korxona ishlab chiqarishidagi WZ320 markali barcha mavsum uchun 235/55R17 oʼlchamdagi avtomobil shinasi Captiva / Malibu / Audi A7 / Audi A8 / BMW X3 / BMW X5 / BMW 7 series / Mercedes-Benz S class kabi avtomobillar uchun moʼljallangan.
Mavsumi: Barcha mavsum Oʻlchami: 235/55R17 Modeli: WZ320 Yuk koʻtarish indeksi: 99 (775 kg 1709lbs) Tezlik indeksi: V (240 km/s) |
Shina xarakteristikasi
Ixcham avtomobillar uchun moʼljallangan, har qanday tezlik, chidamlilik, nam ishlashda ishonchli va yoqilgʼi tejamkorligi xususiyatlariga ega. V- shaklidagi protektor qor va nam yoʼllarda yurishni yaxshilaydi. Oʼzaro suv va qorni osongina olib tashlashga imkon beradi. Shinaning protektor bloklari avtomobilni boshqarishni osonlashtiradi.
Hurmatli xaridorlar! Agar sizda bizning shina mahsulotlarimizga nisbatan qiziqish uygʻongan boʻlsa, +998(78) 150-32-22 telefon raqami orqali biz bilan bogʻlanishingiz mumkin. Barcha savollaringizga batafsil javob olasiz. Eng muhimi, avtomobilingiz uchun ishonchli, hamyonbop va sifatli mahsulotni sotib olishingizni kafolatlaymiz!