Sifat bor joyda – kafolat ham boʻladi!

Oktyabr oyi yakuniga qadar oʻzlashtirilishi kutilayotgan avtomobil shinalari bilan tanishtirishda davom etamiz. Eʼtiboringizga havola etilayotgan navbatdagi 235/75R15 (Expedition) oʻlchamdagi avtomobil shinasi (Foton Tunland / Foton Conqueror / Lada Bronto) kabi avtomobillar uchun moʻljallangan. Yoʻltanlamasning model xususiyatlari bilan tanishing:

             - Mustahkamlangan karkas shinaning ishonchliligini oshirdi. Shuningdek, uning ortib borayotgan yuklarga nisbatan bardoshlilik darajasi oshirildi;

             - Yuqori dispersli dioksid kremniyni rezina qorishmasi tarkibiga qoʻshish orqali yer yuzasi bilan ishqalanishga qarshiligi oshirildi. Natijada yana koʻproq xizmat qiladi hamda yoqilgʻi sarfini kamaytirishga erishildi;

             - Koʻp sonli lamellar nafaqat yoʻl yuzasi bilan qarshilikni, balki haydash shovqinini ham kamaytiradi.

-  Yuk koʻtarish indeksi: 105 (925 kg 2040lbs), tezlik indeksi: Q (160 km/s)

Keyingi oʻzlashtirilishi kutilayotgan 205/55R16 (Megapolis 3) oʻlchamdagi avtomobil shinasi (BYD e5 / Onix / Cobalt / KIA Venga / Lada X-RAY / Lada Largus / Lada Vesta) kabi avtomobillar uchun moʻljallangan. Yomgʻirli  nam yoʻllarda ham shina protektorining maxsus naqshlari har qanday tezlikda akvaplaning yuqori qarshiligini taʼminlaydi.

- Koʻplab massiv bloklardan tashkil topgan yelka zonalarining mustahkamlangan dizayni burilish paytida mukammal barqarorlikni, shuningdek, yuqori tormoz samaradorligini taʼminlaydi;

- Ayniqsa, nam yoʻlda, protektorning yelka zonalariga yoyilgan uzluksiz qovurgʻalarning zigzag qirralari tufayli ajoyib tortish xususiyatlariga ega.

- Yuk koʻtarish indeksi: 91 (615 kg 1355lbs), tezlik indeksi: H (210 km/s)

 

Eslatib oʻtamiz, agar oʻz avtomobilingizga ishonchli, sifatli va hamyonbop narxdagi shinalarni “sovgʻa” qilmoqchi boʻlsangiz, +998(90) 969-00-82 telefon raqami orqali biz bogʻlaning. Mahsulotlarimiz haqida mutaxassislarimiz tomonidan batafsil javob olasiz.

Unutmang, sifat bor joyda, kafolat ham boʻladi!

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: