She'riyatga oshno qalblar bir manzilda jam bo'lishdi
Ko'ngil yoshligini har dam qo'msaydi,
Oh, sening yoshliging menda bo'lsaydi!
Takror etmas edim bag'ri toshliging,
Oh, menda bo'lsaydi sening yoshliging!
Tong yulduzi kabi bir on kulsaydi!
Oh, sening yoshliging menda bo'lsaydi,
O'tda yondirardim ko'ngil g'ashliging,
Oh, menda bo'lsaydi sening yoshliging!..
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda xotin-qizlar o'rtasida tashkil etilgan she'rxonlik kechasida ana shunday qaynoq satrlarga to'la she'rlar ifodali yod olindi va o'qildi. Muhimi qiz-ayollarimiz o'zlarining bor mahoratlari, iqtidorlarini namoyish etib, bir zumga bo'lsa-da she'riyat olamiga sayr qilishdi.
She'rxonlik kechasida ishtirokchilar mumtoz va zamonaviy adabiyot durdonalaridan yod olishdi. Sevimli shoir va shoiralar ijodiga murojaat qilindi. Ularning bosib o'tgan hayot va ijod yo'li yuzasidan savol-javob tashkil etildi. Natijada qatnashuvchilar o'zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Nazm davrasi o'zgacha tarovat kasb etdi.
Mushoira natijalariga ko'ra, sifat nazorati bo'limidan ishtirok etgan Jayrona Mamataliyeva 1-o'rinni, qolgan Rezina qorishmalarini tayyorlash bo'limidan ishtirok etgan Muxtorova Baxtiniso, Matqoziyeva Muhlisa va Axmedova Dilnozalar rag'batlantiruvchi o'rinlarni egallashdi. G'olib va sovrindorlarga estalik sovg'alari hamda kitoblar topshirildi.
Kelgusida ham bu kabi fayzli mushoira davralarini tashkil etishga kelishib olindi.