Shaxmat – aql charxi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ Xkda 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi va Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda shaxmat bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Barcha seh va bo‘limlardan 18 nafar ishtirokchi qatnashishdi.
Oʻtkazilayotgan aql charxi musobaqasi ishchi-xodimlarimizda katta qiziqish uygʻotmoqda, - deydi Bosh direktorning davlat tili va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maslahatchisi Baxtiyor Mamatov.
Bu kabi sport musobaqalari Prezidentimizning qarori ijrosini taʼminlash, qolaversa, ishchi-xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va shaxmatning ommaviyligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bir-biridan kuchli ishtirokchilarning aql-idrok bahsi yakuniga koʻra, Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Fayzullaev Bahodir Amanovich g‘olib deb topildi va qimmatbaho sovg‘a hamda diplom bilan taqdirlandi.