Oila – muqaddas dargoh
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda 15 – may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Kasaba uyushma qo‘mitasi va Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda “Oila – muqaddas dargoh” mavzusida korxonada ish faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbati Angren shahar xalq qabulxonasi mudiri N.A.G‘afurova hamda psixolog M.Mamanazarovalar tomonidan olib borildi. Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, oilaga bo‘lgan munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritildi, suhbat davomida oilada xotin-qizlarning o‘rni, farzandlar tarbiyasi, ularning qiziqishlariga ota-onalarning munosabatlari qanday bo‘lishi yuzasidan keng mulohazali va foydali maslahatlar berildi. Hayotiy misollar va tajribalar orqali berilgan tushunchalar davra suhbatidagi har bir ayol uchun kerakli ekanligi takidlandi. Davra suhbatida ishtirok etgan ayollar suhbat yakunida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi.