"BRZ" MCHJ XKda seminar
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XK dagi ishlab chiqarish jarayoni, korxonada ish beruvchi tomonidan yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishtirilgandan so'ng amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Seminarga Federatsiya apparatining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri N.Gaibnazarova, Kimyo va farmasevtika sanoat xodimlari Respublika kengashi raisi N.Alimdjanova va viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarining boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlari taklif etildi.
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, bu masalalarda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.