Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Qadrli yurtdoshlar!

 Sizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.

Oila, mahalla va jamiyat ahliga mehr va eʼtibor ko‘rsatish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bu bayramning maʼno-mazmunini bugungi kunda har birimiz chuqur his etmoqdamiz.

Yurtimiz va xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin, ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech