Sayyor seminar-trening yuqori saviyada tashkil etildi
“Ammofos-Maxam” MChJda “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha sayyor seminar-trening tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining mas’ul xodimlari hamda tarmoq korxonalarining davlat tili maslahatchilari, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raislari, kasaba uyushma qo‘mitasi raislari, yoshlar yetakchilari, matbuot kotiblari ishtirok etishdi.
Seminarda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti va Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlarining o‘zbek tilining tarixi va rivojlanish bosqichlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Davlat madhiyasiga oid fikr-mulohazalari va ma’ruzalari tinglandi.
Seminar doirasida ishtirokchilar uchun korxonadagi ishlab chiqarish sexlari bo‘ylab press-tur tashkil etildi. Xususan, tibbiyot punkti, xodimlarni tayyorlash markazi, shuningdek, sexlardagi Ma’naviyat xonalari tanishtirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar “Ammofos-Maxam” AJga qarashli “Kimyogar” sport madaniyat majmuasi, tennis korti va sog‘lomlashtirish-davolash diagnostika sexida ham bo‘lishdi va ular faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.