Sayyor seminar-trening doirasida mas’ullarning hisobotlari tinglandi
”O‘zkimyosanoat“ AJ tarmoq korxonalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha ”Ammofos-Maxam“ AJda tashkil etilgan sayyor seminar-trening davom etmoqda.
Ikkinchi kun doirasida tarmoq korxonalarining davlat tili va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari raislari, yoshlar yetakchilari va Kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining 2022-yil yanvar-noyabr holatiga ko‘ra hisobotlari tinglandi.
Jumladan, ”Birinchi rezinotexnika zavodi“ MChJning bosh direktorning davlat tili va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Mamatov ham joriy yilning shu davriga qadar korxonada olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy doirasida olib borilgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Unda jamoatchilik tashkilotlarining hamkorlikda olib borgan ishlari bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.
Bosh direktorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Firdavs Matasimov korxonada faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar bilan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, Yosh mutaxassislar kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlar va loyihalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Korxonaning Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Diyor Alimovning joriy yilning shu davriga qadar qo‘mita tomonidan olib borilgan ishlar, jamoatchilik tashkilotlarining hamkorlikdagi ishlari hamda sohaga doir fikr-mulohazalari tinglandi.
Xulosa qilib aytganda, tashkil etilgan mazkur sayyor seminar-trening barcha tarmoq korxonalarining mas’ul xodimlarining ish faoliyatida o‘zaro tajriba almashish maydoni bo‘lgani bilan ahamiyatlidir.