Sanoat koʻrgazmasida hamkorlik memorandumlari imzolandi
14-18 noyabr kunlari Toshkent shahridagi "Oʻzekspomarkaz" koʻrgazmalar majmuasida tashkil etilgan "Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi" o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda "Oʻzkimyosanoat" AJning tarmoq korxonalari ham faol ishtirok etishdi. Sanoat koʻrgazmasida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJdan bir guruh xodimlar ham munosib ishtirok etdilar.
Sanoat koʻrgazmasi davomida bir qator hamkor tashkilotlar hamda tadbirkorlar bilan mahsulotlar sotish va xomashyolar sotib olish boʻyicha hamkorlik memorandumlari va shartnomalar imzolandi.
Bir soʻz bilan aytganda, bu kabi sanoat koʻrgazmalarini tashkil etishdan maqsad, iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korxonalarning sanoat salohiyatini yanada oshirish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, mahalliylashtirishni kengaytirishdan iboratdir. Shuningdek, barcha tarmoq korxonalari uchun kelgusi ish faoliyatlarida oʻzaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish orqali manfaatli boʻlishi bilan ahamiyatlidir.