Salomatlikni saqlash o'z qo'limizda!

    Sog'lom turmush tarziga rioya etish ko'plab muammolarning oldini olish demakdir. Salomatlikni mustahkamlash sirlarini chuqur bilish va salomatlikni asrashning yagona yo'li – sog'lom turmush tarzi ekanligini anglab yetishimiz lozim. Turmush tarzi – bu kundalik hayot tartibidir. Bu shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta'sir ko'rsatuvchi zararli omillar bo'lmasligi kerak.

    Korxonamizda "Salomatlikni saqlash o'z qo'limizda!" mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida sog'lom hayot kechirishdagi muhim omillar haqida fikr almashildi.

    – Har bir kishi sog'lom turmush tarzini saqlashning juda oddiy usullarini bilib olishi lozim, - deydi "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ bosh hamshirasi Oydiniso Bozoralieva. – Eng avvalo, kun tartibini to'g'ri rejalashtiring. Ovqatlanishda me'yorga, xilma-xillikka e'tibor qarating. Tana og'irligi me'yorida bo'lishiga erishing. Har kuni ko'p suv iching. Suv organizmdagi barcha jarayonlarning asosidir. Shifokorlar huzurida bo'lib, yilda kamida bir marta profilaktik tibbiy ko'rikdan o'tishni unutmang. Chunki kasallikni davolashdan ko'ra, uni oldini olish oson va muhimroq.

    Shuningdek, davra suhbatida anomal issiq havo oqibatlaridan qanday saqlanish chora-tadbirlari haqida ham so'z bordi.

    Ishchi-xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech