Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda

Joriy yilning 14-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan “Respublikaning barcha tarmoqlari tomonidan 2023 yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish”ga ixtisoslashgan respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

Yarmarkaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻdjayev soʻzga chiqdi.

Yarmarkada "Oʻzkimyosanoat" AJning tarmoq korxonalari ham ishtirok etmoqda.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ avtomobil hamda qishloq xoʻjaligi shinalari hamda konveyer lentalari mahsulotlari koʻrgazmasi bilan ishtirok etmoqda.
Oʻzkimyosanoat AJ uchun ajratilgan pavilyonga Bosh vazir oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻdjayev hamda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev va mas’ullar tashrif buyurishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech