Xalqaro yoshlar kunida Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat!

12-avgust ‒ Xalqaro yoshlar kuni bayrami munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida yosh xodimlarga milliy qadriyatlarimizni singdirish va tarixga bo‘lgan hurmatini oshirish, mamlakatimizning tarixiy obida va maskanlariga (ziyorat va ekoturizm) turizm dasturini amalga oshirish maqsadida, korxona yosh xodimlari uchun poytaxtimiz Toshkent shaxriga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida Xodimlarimiz Amir Temur muzeyi, Toshkent politexnika muzeyi , “Magic CITY” ga tashrif buyurishdi. Yosh xodimlarimizda sayohat katta taasurot qoldirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech