"Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar o'tkazildi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK OYoXTTEB yong’in nazorati va profilaktika inspektorlari va 49-YQQ shaxsiy tarkibi bilan birgalikda "Birinchi rezinotexnika zavodi"  MCHJ XK ishchi xodimlari bilan "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

Yig'ilish davomida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XK OYoXTTEB hodimlari tomonidan "15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar Yong'in xavfsizligi oyligi" yuzasidan is gazidan zaharlanishni oldini olish, qoʻlbola nosoz pechlardan foydalanmaslik, elektr qurilmalaridan tog'ri foydalanish,  korxona hududida birlamchi yong‘in o'chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong'in xavfsizligi talablariga qat'iy amal qilishi va "Yong'in xavfsizligi oyligi"da barcha ishchi xizmatchilarni faol qatnashishlari togʻrisida tushuntirishlar berildi.


"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XK OYoXTTEB

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech