Yangi xodimlar uchun kirish kursi o'tkazildi!
2024-yil 13-sentyabrda "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XKda Axborot texnologiyalari bo‘limi va ta’minotni boshqarish bo‘limiga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun "Kirish kursi" o'tkazildi.
O‘quv jarayoni ichki kommunikatsiyalar bo‘yicha guruh rahbari B. Mamatov va mutaxassis D. Egamkulovalar tomonidan olib bordi. Xodimlarga Tatneft kompaniyasi, BN SHB, "BRZ" MCHJ XK va hamkor korxonalar faoliyati tarixi, faoliyati, ishlab chiqariladigan mahsulot turlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
O'quv kursida ishtirok etgan xodimlar o'z ish faoliyatlarini boshlagan korxona to'g'risida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.