KORXONA XOTIN-QIZLARI O‘RTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni”ni munosib kutib olish maqsadida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida хotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha korxona birinchiligi o‘tkazildi. 

Unda korxonaning bo‘lim va sexlaridan tashkil topgan xotin-qizlar jamoalari faol ishtirok etishdi. Musobaqa natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni Laboratoriya jamoasi ayollari qo'lga kiritdi.

G'o'lib jamoaga 8-mart arafasida bo'lib o'tadigan bayram tadbirida qimmatbaho sovg'alar taqdim etiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech