Gender tenglik mavzusida seminar o‘tkazildi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda 5-iyun kuni Kasaba uyushma qo‘mitasi va Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda “Gender tenglik” mavzusida korxonada ish faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisini yarim yillik hisoboti tinglandi. Angren shahar halq taʼlimi bo‘limidan vakil Kouch trener Yusupova  Sayyora Muminjanovna tomonidan xotin-qizlarimiz uchun oilaviy stresslarni oldini olish treninggi o‘tkazildi. Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, oilaga bo‘lgan munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritildi, suhbat davomida oilada xotin-qizlarning o‘rni, farzandlar tarbiyasi ularning qiziqishlariga ota-onalarning munosabatlari qanday bo‘lishi yuzasidan keng mulohazali va foydali maslahatlar berildi. Uchrashuvda ishtirok etgan ayollar suhbat yakunida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech