Ma’rifat soati o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-241-son Qarori hamda mamlakatimiz mustaqilligining ulkan siyosiy, tarixiy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini inobatga olib, istiqlol yo‘lining asosiy maqsad va vazifalarini yangi bosqichda og‘ishmay, samarali davom ettirish, bu qutlug‘ sanani davlatimiz va jamiyatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, xalqaro maydondagi obro‘- e’tiboriga munosib yuksak saviyada umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash maqsadida “Birinchi Rezinotexnika zavodi” MChJ XK da O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan "Ma’rifat soati” tashkil etildi.
“Ma’rifat soati”ni Korxona kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Diyor Alimov va Bosh direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Mamatov olib bordi.