Murabbiylik treningi o‘tkazildi

Joriy yilning 29-31 iyul kunlari “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda “Murabbiylik” treningi o‘tkazildi. Ushbu trening BN SHB tomonidan tashrif buyurgan Ishlab chiqarishda o‘quv ishlari bo‘yicha yetakchi ekspert Antonov Yuriy va “BRZ” MCHJ XK texnik trenerlari D.Toshboyev hamda M.Maydanovlar tomonidan olib borilib, murabbiy bo‘lishdagi aktual bilim va ko‘nikmalar, o‘quv mashg‘uloti paytida tinglovchilar uchun yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

Treningda:

-Texnik – muhandislik bo‘limi;
-Sifat va texnologiya bo‘limi;
-Tayyor mahsulotlar va xom-ashyo industrializatsiyasi bo‘limlaridan 30 nafar ishchi-xodimlar, ishtirok etishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech