“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ ХКda kasb bayrami

Kimyo sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan jamoaning tantanali тадбирида  “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxona ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan eng yaxshi mutaxassislariga  faxriy yorlig‘i va korxona tashakkurnomalari topshirildi. 

2024-yil 24-may kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasida kasb bayrami – Kimyo sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan nominatsiyalar, sport musobaqalari  va tanlovlar yakunlarining tantanali sarhisobi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan bayram dasturxoni yozilib, xodimlarga yaxshi kayfiyat ulashildi.

Tadbirda korxona  bosh direktor o‘rinbosarlari M.Aralov , R.Aripov , kasaba uyushma qoʻmitasi raisi D.Alimov, boʻlim va sex boshliqlari, faollar, musobaqa gʻoliblari  ishtirok etdi.

 “Kimyogarlar kuni” bayrami arafasida “BRZ” MChJ XK tomonidan 40 nafardan ortiq sportchi va faollar taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech