Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqining “BRZ” MCHJ XK ishchi-xodimlariga mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK Kasaba uyushma qo'mitasi raisi D.Alimov mazkur yig'ilishni ochib bergandan so'ng Bosh direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Mamatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi yuzasidan maʼruza qildi.
Yig‘ilishda “Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi”dan Bosh yuriskonsult Xasanbayev Aslitdin Jalaletdinovich, Ijtimoiy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassis Muzapparova Nilufar Alimjanovna, Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi Tairov Shavkat Fazilxonovichlar qatnashdi va Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi yuzasidan tushuntirish olib borishdi hamda korxonada xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va jamoat shartnomasidagi bandlar bilan tanishishdi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.