Prezident qarori ijrosi taʼminlanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4805-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan kimyoviy reagentlar 2022-yil 18-noyabr kuni Angren shahar Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 43-sonli IDUMga homiylik sifatida taqdim etildi. Unda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning bir guruh xodimlari ishtirok etishdi.
- Sizning ushbu kimyoviy reagentlardan unumli foydalangan holda, kimyo va biologiya fanlarini chuqur oʻrganish va oʻzlashtirish orqali mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, taʼlim sifati va ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy qilish qilish natijadorligini oshirish yoʻlida munosib hissangizni qoʻshishingizga ishonamiz, - deydi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ bosh direktor oʻrinbosari Shuhrat Aminov.
Darhaqiqat, bu kabi olib borilayotgan islohotlar zamirida, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha taʼlim sifatini tubdan oshirish, umumtaʼlim maktablarida ushbu fanlarni oʻqitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, taʼlim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa oʻquv jihozlari bilan taʼminlash, ushbu yoʻnalishlarga malakali oʻqituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan yutuqlaridan amaliyotda samarali foydalanishda taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari oʻrtasida oʻzaro yaqin muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish vazifasi yotadi.