30-iyun "Yoshlar kuni" nishonlanmoqda!

Bugun 28-iyun “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda mamlakatimizda 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”o‘tkazildi. Uchrashuvda korxona Bosh direktori G‘.I.Ibragimov mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, aynan yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va yoshlar uchun olib borilayotgan yangidan-yangi  islohotlar to‘g‘risida aytib o‘tdi, shuningdek, vatanimiz va korxonamizning gullab yashnashi va porloq kelajagi aynan yoshlar qo‘lida ekanligini ta’kidlandi. Shu bilan bir qatorda, Bosh direktor G‘.Ibragimov suhbat davomida yoshlarimiz tomonidan korxonamizni yanada rivojlantirish borasida yoshlardan kutilayotgan takliflar, yangiliklar strategik maqsad va rejalar to‘g‘risida hamsuhbat bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida korxonaning eng faol, ilg‘or, o‘zida liderlik qobiliyatini aks ettiruvchi yoshlar rahbar tomonidan alohida e’tirof etildi hamda sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan xodimlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech