Yangi namunalar uchun patent olindi
Yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda korxonamiz ilmiy-texnik markazi tomonidan yaratilgan mahsulot uchun sanoat namunasi patentlarini olish hamda himoya qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda ishlar olib borildi.
Natijada talabnomalarni koʻrib chiqib asnosida muddatlari inobatga olingan holda, 2022-yilda oʻzlashtirilgan 5 turdagi shina protektorlari uchun joriy yilning fevral oyida sanoat namunasi patentlari olindi.