O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “ZAKOVAT” intellektual turniri o‘tkazildi!

2024-yil 29-avgust “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK ishchi-xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “ZAKOVAT” intellektual turniri bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini yana-da rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada jami 6 ta jamoa qatnashdi.

“Zakovat” intellektual o‘yinida “Sifat va texnologiyalar bo‘limi” jamoasi 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Turnirda g‘olib bo‘lgan guruh 30 avgust kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XK da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech