Xotira - muqaddas, qadr - azizdir!

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahar hokimligi, turli jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy qism va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qatorida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XK mehnat jamoasi hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi birgalikda Angren shahri markazidagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.

Isoniyat hayotida hamisha yaxshilik va yomonlik, yorug'lik va zulmat, tinchlik va urush o'rtasida abadiy kurash davom etadi. Motamsaro ona haykali esa ana shu kurashda ezgulik yo'lida jon fido qilgan insonlarni yodga soladi.

O'tganlarni xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga etish, shukrona keltirish har birimizning muqaddas burchimizdir.

Zero, xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech