“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, kuchli bilimga ega boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida  – Kimyogar kuni munosabati bilan 2023-yil 3-iyun kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati va tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi. Xodimlarning bilim va salohiyatlari sinalgan bellashuvda “Birinchi rezinotexnika zavodi ” MCHJ XK  “BARS” jamoasi fahrli 1-orin bilan gʻoliblikni qo‘lga kiritdi.  Gʻolib va sovrindorlar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: