"O'zkimyosanoat" AJ tarmoq korxonalari mas'ul xodimlari ishtirokida sayyor seminar-trening tashkil etildi

    "Farg'onaazot" AJda "O'zkimyosanoat" AJ tarmoq korxonalarining davlat tilida ish yuritish bo'yicha maslahatchilari, xotin-qizlar boshlang'ich tashkiloti raislari, yoshlar yetakchilari hamda matbuot kotiblari ishtirokida sayyor seminar-trening tashkillashtirildi.

    Treningni o'tkazishdan maqsad, ular faoliyatini o'rganish, ish jarayonidagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish, o'zaro tajriba almashishdan iborat.

    Sayyor seminar-trening davomida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, rivojlantirish masalalari bo'yicha olib borilgan ishlar, sohada uchrayotgan muammolar va ularning yechimi, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar xususida fikr almashildi.

    Shuningdek, seminar ishtirokchilarining kasbiy faoliyatida ish unumdorligini oshirish, ular o'rtasida maqsadga intilish, motivatsiya va sog'lom muhitni shakllantirish bo'yicha psixolog o'tkazgan amaliy trening mashg'uloti barchada katta qiziqish uyg'otdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech