Oʻzingiz uchun eng toʻgʻri tanlovni amalga oshiring!

Mamlakatimizda har yili iqtisodiyot, ijtimoiy soha, infratuzilma va transport-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Buning samarasida yangi ish oʻrinlari yaratilib, aholi daromadi koʻpaymoqda. Uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasining hayotga izchil tatbiq etilayotgani Oʻzbekistonga dunyoning kam sonli davlatlari qatorida yalpi ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarishining yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash imkonini bermoqda.

Bugungi kunda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJni mamlakatimiz ishlab chiqarish sanoatida oʻz oʻrniga ega korxona sifatida alohida tilga olinishi bejiz emas.

Hozirda korxonada “Bars”, “Samama”, “Eco-mobile” kabi brendlari asosida avtomobil shinalari va qishloq xoʻjaligi shinalari hamda konveyer lentalari ishlab chiqarilib, ichki hamda tashqi bozor uchun yetkazilib berilmoqda.

Eʼtiboringizga havola etayotgan quyidagi avtomobil shinalarimiz har jihatdan xaridorlar ishonchini oqlab boʻlgan. Eng bozori chaqqon, xaridorlarning chigʻirigʻidan oʻtgan, mustahkam shina mahsulotlarimiz Sizning ham eʼtiboringiz markazidan joy egallasa ajab emas.

“Bars”, “Samama”, “Eco-mobile” brendi asosida ishlab chiqariladigan 175/70R12 oʻlchamdagi avtomobil shinasi (Damas / Labo) kabi avtomobillar uchun moʻljallangan. AZ 110 modelli barcha mavsumiy shinalarida, maksimal tekislangan protektor modeli avtomobilning tezlik xususiyatlarini oshiradi, bloklarining innovatsion joylashuvi quruq, nam va qorli asfalt yoʻlda yuqori sifatli ushlab turishni taʼminlaydi. Tezlashtirish dinamikasi yaxshilanib, tarmoqli ushlagichning yuqori sifati tufayli mashina qiyin ob-havo sharoitida va qishki asfalt yoʻlda ham tezlashuv dinamikasini oshiradi.

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham ushbu shinalar oʻzini oqlaydi. Bloklarning oʻlchamlarini qisqartirish va ularning tirgaklari sonini koʻpaytirish orqali qirralarning uzunligi bir necha marta oshirildi. Ushbu texnologiyadan foydalanish qiyin yoʻl sharoitida – hoʻl asfalt, muz yoki qor bilan qoplangan yoʻlda tormozlanish masofasini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Sizning avtomobilingiz – bu sizning yuzingiz. Siz avtomobilingizga qanchalik “mehr” bersangiz, shunchalik “qadrli xoʻjayin”ga aylanasiz. Demak, aynan biz taklif etayotgan mahsulotlarimiz Sizning “qadrli xoʻjayin”ga aylanishingiz uchun eng maqbul yechim. Uchtasi birda, yaʼni sifatli, kafolatlangan hamda hamyonbop shina mahsulotlarimizga hoziroq buyurtma bering. Oʻzingiz uchun eng toʻgʻri tanlovni amalga oshiring!

Murojaat uchun telefon raqamimiz oʻsha-oʻsha: +998(90) 969-00-82.  

Unutmang, ishonchli mahsulot va sifat uchun kafolat berish – Bizdan, tanlash esa – Sizdan!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech