O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!
Til - har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Prezidentimizning “Kimda kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”, degan soʻzlarini keltirishimiz mumkin.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda 21 – oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan, “O‘zbek tili –milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida #chellenj tashkil etildi. Unda korxonaning ishchi-xodimlari faol ishtirok etishdi.