O'z kasbining ustasi
25-may kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Kimyogarlar kuni” bayrami arafasida fizik-mexanik sinovlar va kimyoviy tahlillar bo‘yicha laboratoriya xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi laborant” nominatsiyasi bo‘yicha kasb mahorati tanlovining zavod bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov tashkilotchilari va tashabbuskorlari zavod ma’muriyati, kasaba uyushma qo‘mitasi va yosh mutaxassislar bo‘ldi.
Tanlov nazariy va amaliy topshiriqlar bosqichlaridan iborat bo‘ldi.
Tanlovda mehnat va ijtimoiy hayotda o‘zini ko‘rsatgan laborantlar ishtirok etishdi.
Ishlab chiqarish sohasi mutaxassislari va ma'muriyatdan iborat hakamlar hay’ati (Bosh direktor o'rinbosari Sh.S.Aminov raisligida) ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan talabnomalarni ko'rib chiqib, ular tomonidan bajarilgan topshiriqlarni belgilangan mezonlarga muvofiq baholadi.
Tanlov natijalariga ko‘ra FMSvaKT katta laboranti Sh.G‘aniyeva g‘olib deb topildi. Musobaqa g‘olibi va ishtirokchilari diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Laborantning kasbi katta sabr-toqat va aniqlikni talab qiladi, vazifalarni sifatli bajarishga majbur qiladi. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari mahorat saviyasi, malakasi va rivojlanishiga xizmat qilayotgan bunday tadbirni o‘tkazayotgani uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz.