O'z kasbining ustalari
“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “O'z kasbining ustasi” kasb mahorati ko‘rik-tanlovi ilk bor o‘tkazilgan bo‘lsada, ishlab chiqarish xodimlarida samimiy qiziqish uyg‘otdi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad eng yaxshilarning yutuqlari va tajribasini ommalashtirish edi.
Ishtirokchilar o‘z kasb mahoratini, o‘z sohasining malakali mutaxassisi va ishonchli, mehnatkash ishchisi sifatida namoyon etishdi. Taqdim etilgan nominatsiyalarning har birida hakamlar hay’ati a’zolari eng kuchlilarini tanladi. Tanlov komissiyasi ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash, aniqlik va epchillik, kasbiy mahorat darajasini oshirish, ishni tashkil etishni takomillashtirish hamda kasb-hunar mavqei va o‘ziga xosligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratdi.
“Bunday tadbirlar o'sish va o'z-o'zini takomillashtirish imkoniyatlarini juda yaxshi ko'rsatadi. Bunday ko‘rik-tanlovlar xodimlarni rag‘batlantiradi, bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasman, ko‘proq ishlab, mahoratimni oshirmoqchiman, chunki har safar tanlagan ishim men uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi, – deydi 101-sex (rezina qorishmalari ishlab chiqarish) smena ustasi Xusanboy Nurmonov.